25.11.2017    09:21    1487

JIDU haftaligi takrorlanmas loyihalari bilan barchani o`ziga jalb etmoqda. Ushbu haftalikning 6-kunida talabalarning mantiqiy fikrlay olish qobiliyatlarini sinovdan o`tkazish maqsadida IQ test o`tkazildi. Ushbu testda universitet talabalarining 150 dan ortig`i ishtirok etdi. Testda har bir ishtirokchiga 20 daqiqa 25 ta savollar to`plamidan iborat mantiqiy topshiriqni yechish uchun berildi. Eng yaxshi natija ko`rsatgan talaba JIDU haftaligining yakunlab beruvchi tantanavor kechada taqdirlanadi.