24.11.2017    14:11    4536

2017 yil 21-noyabr kuni JIDU Business Hub, StartIn–start-uplar va investorlar maydoni asoschisi, Veronika Kamyshanskaya kutib oldi. Universitetning Start-up Klubi tomonidan va Yoshlar Ittifoqi ko'magida uyushtirilgan uchrashuvda ma’ruzachi talabalarga o'z biznes g'oyalarini ilgari surish imkoniyati to’g’risida so’z yurutdi. Veronika Kamishanskaya tadbirkorlar tomonidan sodir etiladigan xatolar, investorlarni jalb qilish haqida, shuningdek, buxgalteriya hisobi, marketing, menedjment, biznesni boshqarish bo'yicha tajribalarini aytib berdi. Taqdimot chog'ida talabalar amaliy savollarni faol ravishda muhokamaga taqdim etishdi va uchrashuvdan so'ng ular o'z biznes loyihalarini ishlab chiqishga qiziqish bildirishdi.