23.11.2017    11:25    2781

Uwedweek ko’tarinki ruhda davom etmoqda… Yana bitta ajoyib tadbir-videorolliklar tanlovi. O’zlarining universitet va jamiyat hayotidagi qiziqarli, dolzarb mavzulari bilan nafaqat JIDU talabalari, balki Plexanov instituti va JIDU qoshidagi Akademik letsiy o’quvchilari ham tanlov qatnashchisi bo’lishdi. 3 ta mavzu bo’yicha- tarbiyaviy ahamiyatli, studentlar hayotidan va erkin mavzu bo’yicha ishtirokchilar turli videorolliklarni namoyish etishdi. Tanlov davomida ishtirokchilar faqatgina kompyuter grafikasi bo’yicha bilimlarini namoyish etib qolmasdan atrofimizda sodir bo’layotgan muhim voqealarga naqadar e’tiborli ekanliklarini ko’rsatib berishdi. Tanlov so’nggiga binoan tabiyaviy ahamiyati bo’yicha Olimjon Dilmurod, studentlar hayoti bo’yicha Ahmedov Axtam va Obidov Olimjon va erkin mavzu bo’yicha Eldor Vohidovlarining videorolliklari g’olib bo’ldi.