23.11.2017    11:02    2724

UWED WEEk ning to’rtinchi kunidan o'rin olgan Auksion Universitet hayotida birinchi bor o'tkazilishiga qaramasdan, o'zining qiziqarliligi va tomoshabopligi bilan boshqa tadbirlardan aslo qolishmadi. Auksion avvalida universitet belgisi tushirilgan trikotaj mahsulotlari sotuvga qo'yilgan bo'lsa kim oshdi savdosini sirli qutichada olib chiqilgan universitet ko'krak nishoni boshlab berdi. So'ngra uch fakultet dekanlarining portretlari qiziqarli kechgan kim oshdi savdosidan keyin o'z egalarini topdi. Eng so'ngida sotuvga qo'yilgan "Eng zo'r fakultet" uchun haykalchasi esa murosasiz va uzoq davom etgan savdoda Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti talabalariga nasib etdi.