22.11.2017    10:12    5218

Bugun, 21-noyabr kuni, JIDU talabalari “Uwedweek” doirasidagi navbatdagi tadbirni ko’tarinki kayfiyatda o’tkazishdi. Universitetda muntazam o’tkaziladigan “Zakovat” intellektual o’yinlari ham haftalik nazaridan chetda qolmadi. Soat 15.00 da boshlangan musobaqa dastlab uchta chigal yozdi savollar orqali barcha jamoalarni xursand qildi. So’ngra, “Zakovat” intellektual o’yinlari oliy ligasi qatnashchilari tomonidan ajoyib master-klass o’tkazildi. Har biri 12 ta savoldan tashkil topgan 2 ta tur o’ta qizg’in va shiddatli bahslarga to’la bo’ldi. 1-o’rin Toshkent tibbiyot instituti talabalarining “Operatsiya” jamoasi tomonidan qo’lga kiritildi.