22.11.2017    09:13    4039

20-noyabr kuni “Pedagogika. Psixologiya” fani doirasida “Xalqaro huquq” fakulteti 3-kurs talabalari o‘rtasida mahorat darsi o‘tkazildi. Ushbu darsga amaliyotchi psixolog, M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti aspiratni G‘oziyeva Zuxra Ergashevna taklif etildi. Master-trener muhokamaga kiritilgan “Shaxs strukturasi” mavzusi bo‘yicha tinglovchilarga qiziqarli ma’ruza o‘qib eshittirdi, taqdimot namoyish etdi. Talabalarning dunyoqarashi va e’tiqodiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar, ushbu kategoriyalarning shaxs tomonidan anglanishiga e’tibor qaratdi. Jamiyatda o‘rnatilgan normalar va sanksiyalarga rioya qilishda shaxs ijtimoyillashuv jarayonining muhim roliga alohida to‘xtalib o‘tdi. Mahorat darsi davomida psixolog talabalarning bilimlarini mustahkamlash bo‘yicha bir qator o‘zlashtiruvchi mashqlar o‘tkazdi. Mavzu doirasida savollar berildi va insonning ruhiy tabiyati, emotsional-irodaviy tajribasini boyitishga doir maslaxatlar berdi. Mazkur mahorat darsi talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.