18.11.2017    12:36    4542

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Global tadbirkorlik haftaligi doirasida 17-noyabr kuni "Kelajak kasblari" sessiyasi o'tkazildi. Bu sessiyada ma'ruzachilar sifatida: Vyacheslav Kan - Koreya ishbilarmonlar klubi asoschisi va koordinatori, Myway, torg.uz/olx.uz asoschisi, Tatyana Shalunova - Rastax Group asoschisi va Perfect training hamasoschisi, hamda Timur Azamatov – Robokidz asoschisi. Ma’ruzachilar taqdimotlarni namoyish qilib, istiqbolli kelajak kasblari va zamonaviy mehnat bozoridagi eng ko’p talabga ega bo’lgan ko'nikma va kompetensiyalar haqida gapirib o’tishdi. Har bir ma’ruza qiziqish uyg’otib, jonli muhokamaga sabab bo'ldi. “Inson kelajakda biror-bir soha mutaxasisi va hattoki robot oldida raqobatbardosh bo’lishi uchun qanday bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak?” savoli sessiyaning asosiy savoliga aylandi.