12.02.2016    16:50    17136

12-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 'Yoshlar tarbiyasida oila va jamiyatning õrni' mavzuidagi 'Sog'lom ona va bola yili'ga bag'ishlangan el ardog'idagi ayollar bilan davra suhbati bo'lib o'tdi.

Uchrashuvni JIDU rektori Djumanov A.A, O'zbekiston Respublikasi Bosh vazir o'rinbosari, xotin-qizlar qo'mitasi raisi, tibbiyot fanlari doktori, professor Bositxanova E. I.ochib berdilar.

Shuningdek,  Xosiyat Yoqubjonova- Respublikada Xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, Shuhrat medali sohibi;  Mubarek Yunusxodjayeva-  O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, El-yurt hurmati ordeni sohibi; Mukarram Muhitdinova-  taniqli olima, fizika matemarika fanlari nomzodi, 100- dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, Rixsi Ibrohimova-  O'zbekiston xalq artisti, Mehnat-Shuhrati va El-yurt hurmati ordenlari sohibasi; Galina Melnikova-  O'zbekistonda xizmat korsatgan artist Dostlik ordeni va Fidikorona mehnati uchun ordeni sohibi; Movlyuda Latipova-  shifokor so'zga chiqdilar.

Bundan tashqari, xonanda Vohidjon Isxakov, O'zbekiston Milliy akademik drama teatri aktyorlari Tolib Mo'minov va Nigina Anarbayevalar Navoiy va Guli obrazlarini mohirona ijro etib berdilar. Zulfiya mukofoti sovrindori Guljamol Askarova va milliy qo'shiqlarimiz ijrochisi Ra'no Ro'zikulovalar ham o'zlarining namoyishlari bilan chiqdilar.