16.11.2017    16:23    6790

Joriy yilning 13-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 1-bosqich magistratura talabalari O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi “Quyosh fizikasi” fizika-texnika insitutiga tashrif buyurishdi.

“Innovatsion iqtisodiyot” kursi doirasida “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi mudiri i.f.n. Tashpulatova Laylo Maratovna sayyor dars, ya’ni O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi “Quyosh fizikasi” fizika-texnika insitutiga tashrif orqali “Tashqi iqtisodiy faoliyat” va “Jahon iqtisodiyoti” yo’nalishlari 1-kurs magistrantlari uchun ilmiy-amaliy seminar tashkil etdi.

Katta ilmiy hodim Yuldash Sobirov ekskursiya davomida mazkur instituting tarixi, faoliyati va kelajakdagi istiqbollari to`g`risida ba`tafsil malumot berib, talabalarning barcha qiziqtirgan savollariga javob berib o`tdi. Sayyor dars davomida talabalar institutning yangi innovatsion ishlamalari, hamda quyosh energiyaning ilm va ishlab chiqarishda foydalanish imkoniyatlari to`g`risida   ko`p bilimga ega bo`lishdi.