16.11.2017    14:43    4513

2017-yilning 15-noyabr Global tadbirkorlikni rivojlantirish haftaligining Biznesni rivojlantirish kuni doirasida “Qanday qilib tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirish”, “Ta’lim va biznesda iste’dodlar” kabi seminarlar, namoyishlar va munozaralar bo’lib o’tdi. Xalqaro biznes va texnologiyalar uyushmasi (XBvaTU) boshqaruv rahbari Shuxrat Azimov tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirishga bag’ishlangan seminar o’tkazdi. Seminar qatnashchilari tadbirkorlik ekotizimi elementlari, oliy ta’limning ushbu ekotizimda asosiy o’rinni egallagan elementlar qatorida ekanligi, shuningdek XBvaTU faoliyati haqida kengaytirilgan ma’lumot olishdi. “Ta’lim va biznesda iste’dodlar” sessiyasida PricewaterhouseCoopers (PwС) vakili Ilya Jarov jahondagi zamonaviy oliy ta’lim tendensiyalari va tahdidlari haqida namoyish qildi va ushbu namoyish munozara mavzusi bo’lib xizmat qildi. Ushbu sessiyalarda “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi o’qituvchilari va JIDU Yosh tadbirkorlar klubi JIDU “Start-up” tashabbuskor guruhi a’zolari qatnashishdi.