15.11.2017    10:03    4157

2017-yilning 14-noyabrida Start-uplar kuni doirasida, Global tadbirkorlik haftaligida ikkinchi kunida Tal Catran (Isroil) - biznesni yaratish va ishga tushirish bo'yicha boy tajribaga ega mutaxassisning "Qanday qilib tadbirkor- texnolog bo'lish mumkin” va "Qanday qilib start-up yaratish" mavzusida mahorat darslari va seminarlar o'tkazildi. Biznes- investor va katta tajribaga ega tadbirkor Tal Katran start-uplarni tashkil qilish tamoyillari, start-uplarning dolzarbligini aniqlash uchun analitik tadqiqotlar o'tkazish bosqichlari, start-uplar va investor o'rtasidagi sog'lom munosabatlarni qurishning xususiyatlari haqida so'z yuritdi. "Iqtisodiy nazariya" kafedrasining professor-o'qituvchilari Laylo Toshpulatova, Rano Djuraeva, Aziza Rasuleva va JIDU “Start-up” Yosh tadbirkorlar klubining tashabbuskor guruhi a'zolari ushbu seminarda ishtirok etdilar.