13.11.2017    11:18    463

Joriy yilning 8-noyabr kuni universitetda Javaharlal Neru Universiteti Xalqaro tadqiqotlar maktabi Rossiya va Markaziy Osiyo tadqiqot markazi dastur rahbari ekspert Sanjay Kumar Pandey bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Janob Pandey xalqaro munosabatlar fakulteti talabalariga “Hindistonning siyosiy tizimi” mavzusida ma’ruza olib bordi. Ma’ruza davomida olim Hindistonning ichki va tashqi siyosati bo’yicha atroflicha ma’lumotlar berib o’tdi. Uchrashuv yakunida universitetning mehmoni talabalarning qiziqtirgan savollarga javob berdi.