08.11.2017    16:37    882

2017-2018 o‘quv yiliga mo‘ljallangan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli tadbirlar rejasidagi vazifalarni amalga oshirish va universitet bitiruvchilarini sud va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda iqtidorli bitiruvchilarni ishga jalb qilish maqsadida tashkil etilgan. “Bitiruvchilar soati”da O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Kadrlar boshqarmasi vakillari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi faoliyati, tarkibi, kadrlarni shakllantirish tartibi hamda ularga qo‘yiladigan asosiy talablar borasida ma’ruza o‘qildi.

Ushbu uchrashuv talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.