07.11.2017    10:22    976

5-noyabr kuni “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 3-bosqich talabalarining O‘zbekiston akademik rus drama teatriga tashrifi bo‘lib o‘tdi. Tashrif chog‘ida teatr binosi bo‘ylab ekskursiya o‘tkazildi. Tomoshabinlar  teatrda faoliyat yuritib kelayotgan aktyorlar, ularning ijodiy chiqishlari, o‘tkazilayotgan turli tanlovlar va kechalarni aks etuvchi ekspozitsiya bilan tanishdi. So‘ng N.Gogolning “Revizor” spektakli premyerasi bo‘lib o‘tdi. Talabalar ushbu mumtoz asarning sahna ko‘rinishlaridan bahramand bo‘ldilar. Teatrga tashrif talabalarda katta ta’surot qoldirdi.