07.11.2017    09:22    782

2017-yilning 4-noyabrida Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetining 3-kurs talabalari guruh murabbiyi Mexribon Abduraxmanova boshchiligida Toshkent viloyatida joylashgan “Zangiota” majmuasini ziyorat qilish  uchun bordilar. Ushbu majmuaga tashrif buyurib,  buyuk ajdodlarimizni xotirlash bilan bir qatorda, boy tariximiz sahifalaridagi qiziqarli ma’lumotlarga ham ega bo`ldilar. Ushbu tadbir guruh tomondan o`quv yili boshida darslardan tashqari rejalashtirilgan va tasdiqlangan  “O`zbekistonning tarixiy obidalari bo`ylab sayohat” dasturi asosida amalga oshirildi.

Talabalar  sayohatni 2017-yil 8-oktabrda Samarqand shahrining ziyorati bilan boshladilar. Bunday tashriflardan maqsad nafaqat yurtimizning qadimiy joylari, tarixiy obidalari bilan tanishish, balki boy tariximizni yanada chuqurroq o`rganib, unikal ma’lumotlarga ega bo`lishdir. Keyingi reja Buxora va Xiva shaharlariga sayohat qilish ko`zda tutilmoqda.