03.11.2017    15:16    1444

2017-yil 3-noyabr kuni «Xalqaro huquq» fakulteti 2-kurs talabalari uchun O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasiga qonunchilik va vakillik palatasining davlat hokimiyati organlari tizimida tutgan o`rni va roli, uning faoliyati, vakolatlari doirasi bilan tanishish maqsadida sayyor ma`ruza tashkil qilindi.

Sayyor maruza davomida O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi binosining qurilish tarixi, bino loyihasining rivojlanishi, konstruksiyalari va deputatlaring majlislar zali bo`ylab ekskursiyaga qilindi. O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Apparatining vazifalari, vakolatlari doirasi va har bir qo`mita, fraksiya, deputatlik guruhlari va O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Kengashining faoliyati atroflicha tasvirlab berildi.