23.10.2017    10:34    1427

Joriy yilning 21-oktabr kuni "Oratorlik san’ati va munozara” klubining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, unda moderator Karl Popper modeliga ko‘ra bahs-munozara o‘tkazdi. Ushbu munozarada nafaqat JIDU talabalari, balki JIDU qoshidagi akademik litsey talabalari ham faol qatnashdi. Kordinator ularni tasdiqlovchi va rad etuvchi guruhlarga bo‘ldi, ular "Iqtisodiyotni siyosatdan ustuvorligi” degan savolni ko‘rib chiqishlari kerak edi. Kuchli dalillar keltirildi, undan keyin munozarachilar o‘zaro savol-javoblar bilan almashdilar. Munozara yakuniga etgach, hakamlar barcha ishtirokchilarga o‘zlarining fikr va istaklarini bildirdilar. Ularning birgalikdagi qaroriga ko‘ra, rad etuvchi jamoa g‘alaba qozondi va eng yaxshi munozarachi etib JIDU nomidagi akademik litsey o‘quvchisi Hakimniyoz tanlandi.