21.10.2017    11:55    1655

19-20 oktabr kunlari “Insight club” yoshlar tashabbusi davrasida barcha fakultet talabalari ishtirokida shaxsiy resurslarni namoyish etishga bag‘ishlangan tirening o‘tkazildi. Ishtirokchilar tomonidan hayotiy maqsadlarini to‘g‘ri belgilash, yuksak ideallar va mustaqillikni qo‘lga kiritish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar atrofida fikr yuritildi. Shaxsiy imkoniyatlarini muvaffaqiyatli namoyish etishiga, o‘z malakalarini anglab yetishiga, ijtimoiy faol bo‘lishiga, vazifalarni to‘g‘ri belgilab borishiga urg‘u berildi. Trening davomida talabalarga dunyoni idrok etish bo‘yicha hissiyotlar tajribasi, harakatlar va nutq madaniyatini shakllantirishga qaratilgan saboqlarga to‘xtalib o‘tildi. Bundan tashqari ijtimoiy dunyoda o‘ziga havola etish va “Men” obrazini shakllantirishni aks etuvchi mashqlar olib borildi. O‘tkazilgan tirening ishtirokchilarga ijobiy energiyaga ega bo‘lishga, kommunikativ aloqalar o‘rtanishga va bir-birlari bilan emotsional fikr-almashuviga yordam berdi. Treningda o‘qituvchilar Aziza Abdullayevna Usmanova hamda Feruza Xolmatovna Usarovalar rahbarligida “Xalqaro munosabatlar”, “Xalqaro huquq” fakultetlari talabalari faol ishtirok etdi.