20.10.2017    15:19    1530

Joriy yilning 16-oktabr kuni universitetda ma’naviy-madaniy tadbirlarni hamda talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida, Toshkent Politexnika muzeyiga tashrif uyushtirildi. Muzeydan joy olgan eksponatlar texnika sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlarga bag‘ishlandi. Bu yerda namoyish etilgan jahon avtomobilsozlik tarixi, XX asrda eng ommabop bo‘lgan “Wolksvagen Juk”, “Moskvich 400”, “GAZ-13”, “Chayka” kabi avtomobil namunalari talabalarning diqqat e’tiborida bo‘ldi. Muzeyda nafaqat retro avtomobillari, balki zamonaviy shakldagi yengil mashinalarning maketlariga alohida joy ajratildi. Muzeyning yana bir diqqatga sazovor eksponati - Qo‘qon va Xorazm aravalaridir. Qo‘li gul, mohir ustalar yasagan bu o‘ziga xos texnika yurtimizning bugun avtomobilsozlik sanoatiga qo‘shayotgan hissasidir. Muzeyga tashrif uyushtirishda “Xalqaro huquq” fakulteti “Davlat qurilishi va huquq” kafedrasi murabbiyi Nargiza Kadirova va bir guruh talabalar o‘zlarining faolligini namoyish etdi. Tashrif talabalarda katta ta’surot qoldirdi.