14.10.2017    09:28    1884

13-oktabr kuni Axborot-resurs markazi hamda Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tashabbusiga ko‘ra universitetda “Adolat” va “Yangi asr avlodi” nashriyot uylari ishtirokida an’anaviy kitob yarmarkasi o‘tkazildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishhamda targ‘ibotqilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi vazifalarini amalga oshirish hamda talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratildi.