09.10.2017    09:40    2262

2017-yil 4-oktabr kuni murabbiylik soatida 66 ta akademik guruhlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 19-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi videolavhasi namoyish etildi. Bunda Prezidentimiz ayni davrda insoniyat tarixidagi eng ko‘p yoshlar qatlami bilan yashayotganimizni inobatga olgan holda BMT minbarida Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi BMT konvensiyasini qabul qilishni taklif qilgani talabalarning diqqat e’tiborida bo‘ldi. Bundan tashqari Prezident zamonaviy davrning azaliy va og‘riqli ekologik muammolaridan biri - Orol fojiasiga e’tibor qaratdi. “Biz joriy yil BMT tomonidan taklif etilgan dastur bo‘yicha Orolbo‘yi aholisiga to‘liq yordam berish va ijtimoiy himoya qilishni boshlaymiz”, – degan so‘zlari barchaga manzur bo‘ldi.

Mazkur videolavha bo‘yicha talabalar hamda murabbiylar tomonidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.