01.02.2016    09:55    16106

JIDU Boshqaruv institutida Yangi yil ikki guruh tinglovchilari o'qitilishi bilan boshlandi.

2016 yil 18 yanvardan 30 yanvargacha Boshqaruv Institutida “Bozor iqtisodiyoti va menejment asoslari” va “Kadrlar bo'limining huquqiy masalalari” dasturi bo'yicha ikki haftalik malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Jami o'qiganlar soni 33 kishi bo'lib, ular Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Samarqand viloyati, Buxoro viloyati, Sirdaryo viloyati, Qashqadaryo viloyati, Jizzax viloyati,  va Qoraqalpoq Respublikasidan.

Sog’liqni saqlash vazirligi, “O'zbekiston pochtasi” AJ, O'zbekiston Davlat geologiya qo'mitasi, O'zR.Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspektsiyasi, “O'zbekiston avtomobil va daryo transporti” agentligi, “O'zkommunxizmat” agentligi, “Toshshaxartransxizmat” AK va boshqa davlat tashkilotlaridan kelgan rahbar xodimlar, bo'lim boshliqlari, inspektorlar va mutaxassislar o'z malakalarini oshirdilar.

Tinglovchilar olgan bilimlaridan qoniqib Boshqaruv instituti professor-o'qituvchilariga va rahbariyatga o'z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

2016 yil 28 yanvar kuni JIDUning faollar zalida O'zbekiston xalq artisti  Yodgor Sa'diev  bilan Boshqaruv Instituti  tinglovchilari uchun  uchrashuv  o'tkazildi. Uchrashuvda Boshqaruv Instiutining  tinglovchilari va xodimlari ishtirok etdilar. Yodgor Sa'diev tinglovchilarni va xodimlarni qiziqtirgan  savollariga javob berib, o'zlarining sevgan teatr sahnalaridan parchalar va qo'shiqlar ijro etib berdilar.