30.09.2017    09:57    1119

2017-yil 29-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, falsafa fanlari doktori S.P.Tursunmuxamedov YUNESKOning “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi mudiri, y.f.n. A.R.Muminovning “Yevropa Ittifoqi huquqi” fani bo‘yicha dars tahliliga tashrif buyurdi. Seminar mashg‘uloti yuzasidan akademik S.Tursunmuxamedov o‘qituvchining o‘quv ko‘nikmasini, talabalarning darsga nisbatan qiziqishini va faol qatnashganini yuqori baholadi hamda ta’lim jarayoniga yangi metodlarni joriy etish, ilmiy izlanishlarni jadallashtirishga doir maslahat va takliflarini berdi.