28.09.2017    17:22    1223

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-sonli farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2017-yil 26-sentabr kuni Universitet yetakchisi saylovlari bo‘lib o‘tdi.

Saylovda 3-bosqich talabasi Abdumajitov Eldor Muzaffar o‘g‘li, Magistratura bo‘limi 1-bosqich talabasi Mannonov Sardor Mansurjon o‘g‘li, 4-bosqich talabasi Shamsutdinov Javohir va 4-bosqich talabasi Xaqqulov Shohruh Erkin o‘g‘li o‘z nomzodlari bilan ishtirok etdi.

Saylovlar demokratik tamoyillarga asoslangan holda o‘tkazilib O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi vakili tashkilotning Mirzo Ulug‘bek tumani kengashi raisi Sh.Olimov ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Saylovda nomzodlar uchun jami 923 ta talaba ovoz berdi.

“Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fakulteti 4-bosqich talabasi Xaqqulov Shohruh Erkin o‘g‘li 431 ovoz yig‘ib Yoshlar ittifoqi JIDU boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi etib saylandi.