06.02.2016    16:33    17348

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oliy va o'rta maxsus ma'lumotli bitiruvchilar bandligini ta'minlash yuzasidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida  2008 yildan boshlab “Bitiruvchilar taqdimoti” o'tkazib kelinadi.  Ananaviy tadbir joriy yilning 5 fevral  kuni “Bitiruvchilar taqdimoti” yana bir bor o'tkazildi. Ushbu tadbirda 50 dan ortiq tashkilotlar  va 200 dan ortiq bitiruvchilar qatnashdilar.

Mazkur taqdimotga Respublikamizning bir qator vazirliklari, korxona va tashkilotlari, jumladan O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mehnat va aholini muhovaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Sog’likni saqlash vazirligi, Favqulodda ishlar vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti  kabi tashkilotlardan vakillar tashrif buyurishdi.

“Bitiruvchi taqdimoti”ni universitet rektori A.Djumanov kirish so'zi bilan ochib berdi. So'ngra universitet bitiruvchilari uzlarining video-rolikini  namoyish etishdi. Tadbirning ikkinchi qismida universitet bitiruvilari va ish beruvchi tashkilotlar vakillari bilan ochiq muloqot tashkil qilindi. Ochiq muloqot mobaynida ish beruvchilar bitiruvilarni ishga joylashish bo'yicha shartlar bilan tanishtirdilar, vakant ish o'rinlari to'g’risida ma'lumot berdilar,  hamda tashkilotlarga yosh mutaxassislardan talab qilinayotgan kasbiy qobiliyat va ko'nikmalar, ta'lim dasturlarini yanada takomillashtirishga yo'naltirilgan fikr-mulohozalarini berish imkoniyati yaratildi.