26.09.2017    15:28    2913

2017-yilning 26-sentabr kuni JIDUda Buyuk Britaniyaning diplomatik xizmati boshlig‘i, TIVning doimiy kotibi Saymon Makdonald “Zamonaviy Buyuk Britaniya diplomatiyasining o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida ma’ruza o‘qidi.

S.Makdonald o‘z nutqida, diplomat kasbining o‘ziga xos xususiyatlari va Buyuk Britaniyaning zamonaviy diplomatiyasi, shuningdek uzbek-britaniya ikkitomonlama munosabatlarining istiqbollari haqida to‘liq ma’lumot berdi.

Ma’ruza yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olganlaridan so‘ng, rektor A.Djumanov oliy martabali mehmonga qiziqarli va foydali ma’ruza uchun minnatdorchilik bildirdi.