23.09.2017    18:03    2866

Universitetning 25 yilligi arafasida universitet ma’muriyati tomonidan Britaniya qirolligining “Chatham House” tadqiqot markazi eksperti Annette Bohr xonim bilan uchrashuv tashkil qilindi. Annette Bohr xonim “Breksit va uning Buyuk Britaniyaga iqtisodiy, siyosiy va sotsiologik ta’siri” mavzusida ma’ruza olib bordi.

Ma’ruza davomida Breksitning milliy valyutaga ta’siri, Yevropa ittifoqidan chiqishga ovoz berish jarayoni, mehnat bozoridagi o’zgarishlar, jumladan Buyuk Britaniyada jadal iqtisodiy faoliyat olib botayotgan Yevropa ittifoqi mamlakatlari rezidentlari xolati hamda mamlakat oldida turgan ko’plab muammolar yoritildi.

Ma’ruza yakunida talabalar Bohr xonimga o’zlarini qiziqtirgan savollar berishdi va ularga javoblar olishdi.