22.09.2017    17:18    2384

2017-yil 20-sentabr kuni murabbiylik soatida barcha akademik guruhlarda “Tinchlik – eng aziz ne’mat” mavzusida suhbat o‘tkazildi. Mavzuning mazmun-mohiyati o‘rganildi. Tinchlikka erishish va uni asrab-avaylash har birimizning burchimiz ekanligiga urg‘u berildi. Shu qatorda tinchlik va osoyishtalikni aks etuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 18-20 sentabr kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi va BMT Assambleyasining 72-sessiyasi umumiy muzokaralarida so‘zlagan nutqiga batafsil to‘xtalib o‘tildi. Tashrif chog‘ida Prezidentimiz Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Xalqaro valyuta fondi taqsimlovchi direktori Kristin Lagard, Jahon banki guruhi Prezidenti Jim Yon Kim hamda BMT Bosh Assambleyasiga tashrif buyurgan boshqa davlat rahbarlari bilan uchrashgani, muzokaralar o‘tkazgani, shuningdek, keng doiradagi O‘zbekiston -Amerika biznes-forumida ishtirok etganini ma’lum qilindi. Ushbu tashrif Markaziy Osiyoda tinchlik va totuvlikni doimo mustahkamlash, ezgu niyatlar sari intilish kerakligiga da’vat etdi.