22.09.2017    11:10    2702

JIDUda 2017-yil 21-sentabr kuni “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi: tashqi siyosat, xalqaro huquq va tashqi iqtisodiy faoliyat” mavzusidagi yosh olimlarning VII respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Anjumanda JIDU va bir qator respublika oliy o‘quv yurtlaridan yosh olimlar ishtirok etishdi. Mazkur anjumanda Harakatlar strategiyasi doirasidagi tashqi siyosiy, iqtisodiy va huquqiy yo‘nalishlardagi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.