22.09.2017    10:59    2411

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2017-yil 20-sentabr kuni universitet doktorantlari Belgiyaning Lyej universiteti professori Vsevolod Samoxvalov bilan uchrashuv o‘tkazishdi. Unda xalqaro munosabatlarning dolzarb masalalari va keyingi istiqbollari, o‘zaro ilmiy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari borasidagi bilim va tajribalari bo‘yicha fikr almashdilar. Shuningdek, belgiyalik ekspert nufuzli xorijiy jurnallarda maqola chop ettirish yuzasidan o‘zining takliflarini bildirib o‘tdi.