20.08.2017    09:47    3062

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, Navoiy va Islom Karimov nomli davlat stipendiyalari tanlovining ichki universitet bosqichi 17-23 iyun kunlari bo‘lib o‘tdi. 22 nafar talabgor qatnashgan mazkur bosqichda Maxsus komissiya tomonidan “Xalqaro huquq” fakulteti 4-bosqich talabasi Sh.Erkaboyeva va “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fakulteti 3-bosqich talabasi M.Ochilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi uchun universitet bosqichi g‘olibi deb topildi. “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fakulteti 3-bosqich talabasi Sh.Xayitboyev, “Xalqaro huquq” fakulteti 3-bosqich talabasi S.Raximova va “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 4-bosqich talabasi O.Toshev Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi uchun respublika tanloviga hamda “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fakulteti 3-bosqich talabasi F.Suyunova va “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 4-bosqich talabasi I.Oxunov Navoiy nomli davlat stipendiyasi uchun respublika tanloviga nomzod deb ko‘rsatildi. Nomzodlarning hujjatlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga avgust oyida topshirildi. Ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Nomli davlat stipendiyalari tanlovning respublika bosqichida omad tilaymiz!