2017-09-08    17:17    1323

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2017-yil 8-sentabr kuni universitet doktorantlari Yaponiyaning Sukuba universiteti professori Temur Dadaboyev hamda Kyushu universiteti professori Chisako Masuo bilan uchrashuv o‘tkazishdi. Unda xalqaro munosabatlarning dolzarb masalalari va keyingi istiqbollari, o‘zaro ilmiy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari borasidagi bilim va tajribalari bo‘yicha fikr almashdilar. Shuningdek, yaponiyalik ekspertlar nufuzli xorijiy jurnallarda maqola chop ettirish yuzasidan o‘zlarining takliflarini bildirib o‘tdilar.