06.09.2017    18:22    4781

2017-yil 6-sentabr kuni bir guruh “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari va professor-o’qituvchilarining universitetimiz bitiruvchisi Gavxar Saitazizova bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Hozirda AQSHning Nyu-York shtatida hamda Britaniya va Uelsda advokatlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo’lgan, shuningdek Buyuk Britaniyaning London shahridagi Xalqaro tijorat arbitraj sudida huquqiy maslahatchi sifatida faoliyat olib borayotgan bitiruvchimiz tadbir ishtirokchilariga “Arbitraj davlatlararo nizolarni hal qilish mexanizmi” mavzusida ma’ruza qilib berdi. Ushbu ma’ruza talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.