14.07.2017    13:06    9353

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909 sonli Qarorini ijro etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining rivojlanish konsepsiyasiga muvofiq, Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay universiteti bilan hamkorlik haqida bitim imzolandi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Shanxay universiteti hamkorlikda JIDUda Shanxay Xalqaro biznes maktabini tashkil qilish rejalashtirilgan. Asosiy maqsad oliy ta`lim sohasida (bakalavr, magistratura) xalqaro miqyosdagi malakali kadrlarni tayyorlash, shuningdek, xalqaro  iqtisod, xalqaro biznes, xalqaro  moliya va xalqaro savdo yo`nalishlarida ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish ko`zda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti tashabbusi bilan 1992 yilda asos solingan bo‘lib, universitet diplomatik xizmat va xalqaro mutaxassislarni tayyorlash hamda malakasini oshirish, shuningdek tashqi siyosat, xalqaro iqtisodiy munosabatlar va xalqaro huquq sohalarida ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiradi.