05.07.2017    14:27    7685

2017 yil 1 iyul kuni 2016-2017 o‘quv yilida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tugallagan bitiruvchilarga diplomlar berish marosimi o‘tkazildi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati, universitetning faxriy professor-o‘qituvchilari, talabalarning ota-onalari va yaqinlari tashrif buyurdi.

Tantanali sharoitda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.Kamilov 43 ta magistratura va 192 bakalavr yo‘nalishi bitiruvchilariga davlat ramziga ega bo‘lgan diplomlarni topshirdi. O‘z chiqishida A.Komilov yosh mutaxassislarga shaxsiy hayoti, diplomatik xizmat faoliyatida muvaffaqiyatli va omadli kasbiy o‘sishni tilab qoldi. Bitiruvchilar va ularning ota-onalari tadbirda o‘zlarining minnatdorchilik so‘zlarini izhor etdi.

Bitiruvchilarni yangi hayotga qadam tashlaganligi bilan tabriklaymiz! Omad va kasbiy g‘alabalar tilab qolamiz!