2017-06-22    11:22    4662

2017 yil 2-17 iyun kunlari JIDU faol talabalari va "Kamolot" YoIH BT bilan hamkorlikda Mirzo Ulug'bek tumanidagi imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejiga xayriya aksiyasini tashkil qildilar.

Dastlab, JIDU ko'ngilli yoshlari tomonidan hafta davomida kollej sport zali ta'mirlab berildi. Xayriya tadbirining so'ngi kunida kollej talabalari uchun ko'ngilochar dastur tashkil qilindi. Ularga faxriy yorliq va shirinliklar ulashildi.