20.05.2017    09:16    8261

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2017 yil 19 may kuni “Zamonaviy xalqaro munosabatlarning xususiyatlari va O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining ustuvor yo’nalishlari” mavzusidagi VII-an’anaviy konferensiya bo’lib o’tdi. Anjuman davomida “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” ning “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” deb nomlangan beshinchi yo‘nalishida belgilangan vazifalarni har tomonlama muhokama qilindi.

Konferesiyada xalqaro maydondagi dolzarb muammolarni hal etishda ko‘p tomonlama hamkorlikning o‘rni va ahamiyati, unda xalqaro tizimlar faoliyati, siyosiy, gumanitar, madaniy, ta’lim, ekologiya, ijtimoiy-iqtisodiy, xavfsizlik sohalardagi davlatlararo hamkorlik, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy institutlari bilan hamkorlik, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning roli, global va mintaqaviy muammolarni hal qilishda O‘zbekistonning xalqaro maydonidagi tashabbuslari, ishtiroki, pozitsiyasi hamda ular doirasida boshqa davlatlar bilan hamkorligi va uni takomillashtirishning ilmiy-nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilindi.