2017-06-15    17:59    6977

2017 yilning 14 iyun kuni murabbiylik soatida universitetning Axborot-Resurs Markazi o‘quv zalida “Chekish va giyohvandlikka qarshi kurashish” oyligi tadbirlari doirasida talabalar o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirga “Kamolot” YOIH Markaziy Kengashi “Salomatlik va Ekologiya loyihalari” bo‘limi bosh mutaxassisi Jo‘rayev Zoxirshox, Respublika Narkologiya Markazi vrach-narkologi Toyirov Jo‘ra O‘ktamovich, JIDU “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar kafedrasi” dotsenti Turayeva Suriya Telmanovna, universitet murabbiylar kengashi raisi Usmanova Aziza Abdullayevnalar tashrif buyurdi. Tadbirda taklif etilgan mehmonlar o‘zlarining ma’ruzalari bilan chiqish qildilar va yoshlarni chekish va giyohvandlikka qarshi immunitetini oshirish, sog‘lom turmush tarzini olib borishga da’vat etildi. Tadbir so‘ngida talabalar orasida mavzu bo‘yicha o‘tkazilgan insholar tanlovi natijalari e’lon qilindi va diplom hamda esdalik sovg‘alar topshirildi.