09.06.2017    09:59    9681

2017 yil, 6 iyun kuni JIDU Axborot resurslari markazida “Menejment asoslari” kursi va JIDU “Start-up” klubi doirasida Vyacheslav Kan tomonidan “master klass” o’tkazildi. Master klass “Liderlik va jamoani shakllantirish” mavzusiga bag’ishlandi. Master klass o’zaro suhbat tarzida o’tkazilib, nafaqat qatnashuvchilar savollar berishdi, balki ular o’zlari uchun tayyorlangan “liderlik qobiliyatini rivojlantirish va jamoaning har bir a’zosining ahamiyatini tushuntirish” ga doir savollarga javob berishdi. U yerda 2, 3, 4 va 5 kurs talabalari ishtirok etishdi. Ushbu “master klass” mazkur o’quv yilida oxirgisi edi, shuning uchun Nurillo Abdunabiyev, klub koordinatori va universitet bitiruvchisi, klub faoliyati yakunlari haqida so’zga chiqdi.