03.06.2017    11:18    10031

2017 yil, 27 may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “SHHT modeli” birinchi talabalar anjumani bo‘lib o‘tdi.

“SHHT modeli” birinchi sessiyasining rasmiy ochilishi marosimida universitet rektori A.Djumanov, MDH va SHHT tuzilmalari bilan hamkorlik bo‘yicha boshqarma boshlig‘i, SHHT faoliyati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy koordinatori R.Nazarov, Qozog‘iston Respublikasi favqulodda va muhtor elchisi Ye.M.Utembayev, Xitoy Xalq Respublikasi favqulodda va muhtor elchisi Sun Lisze, Rossiya Federatsiyasi favqulodda va muhtor elchisi V.L.Tyurdenev, Tojikiston Respublikasi favqulodda va muhtor elchisi I.S.Ashurboyzoda ishtirok etdi.

Fotosuratga tushish marosimidan keyin SHHT ishtirokchi-davlatlarining delegatlari tor doirada uchrashuv o‘tkazdilar. So‘ng hamkor davlatlar, kuzatuvchi davlatlar hamda tashkilotga a’zo bo‘lish uchun o‘z xohishini bildirgan davlatlardan tashkil topgan delegatlar ishtirokida yalpi muhokamalar o‘tdi.

Anjuman yakunida majlis raisi ishtirokchilarni qabul qilingan qo‘shma Bayonat bilan tanishtirib o‘tdi. Ishtirokchilar va tashkilotchilar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.