02.06.2017    11:36    9260

2017 yil 31 may kuni murabbiylik soatida barcha akademik guruhlarda O‘zbekistonda ilm-fanni rivojlantirishga hissa qo‘shgan, yangi yo‘nalishda ilmiy maktablar yaratgan, akademik, taniqli davlat va jamoat arbobi Po‘lat Qirg‘izboyevich Xabibullayev xotirasiga bag‘ishlangan suhbat o‘tkazildi.

Suhbatda akademik P.Q.Xabibullayev tomonidan 80-90 yillarda yadro-fizika institutida faoliyat yuritgani, O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining Prezidenti bo‘lgani, “Fizika – Quyosh” instituti direktori lavozimida ishlagani to‘g‘risida ma’lumot berildi. Ular 500dan ortiq ilmiy maqolalar, 15 monografiya, yaratgani, 30 doktor va 100dan ortiq fan nomzodlarini tayyorlagani haqida so‘z yuritdi. Olimning bosib o‘tgan hayotiy yo‘li, ilm-fanda egallagan yutuqlari, yadro-fizika sohasida yaratgan kashfiyotlari tilga olindi. Suhbat mazmunli va ibratli dars shaklida o‘tkazildi.