01.06.2017    17:32    9420

2017 yil 27 may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tashkil qilingan "UWED Footbal League" futbol turnirining taqdirlash marosimi o'tkazildi. Ushbu taqdirlash marosimiga mehmon sifatida taniqli futbol sharhlovchisi Davron Fayziyev taklif qilindi. Uchrashuv mobaynida sharhlovchi Davron Fayziyev talabalar tomonidan qiziqtirgan savollarga javob berdilar. Uchrashuv so'nggida Davron Fayziyev "UFL" turniri sovrindorlarini tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan sovg'a va medallar bilan taqdirladilar. Musobaqa g'olibligini qo'lga kiritgan "IER 2014" jamoasi esa kubok va medallar bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, taqdirlash marosimi mehmoni Davron Fayziyev ham esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.