31.05.2017    10:41    9465

2017 yil 4 may kuni Yuristlar malakasini oshirish markazida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakulteti 2-bosqich talabalari uchun “mahorat darsi” tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotida Yuristlar malakasini oshirish markazi o‘qituvchilari S.Maripova va B.Usmonov talabalarga 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida sud-huquq tizimida olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida ma’lumot berdilar.

Shuningdek, talabalarga qonun ustuvorligi va sud mustaqilligiga oid amalga oshirilayotgan qonuniy va tashkiliy choralar to‘g‘risida, jumladan, Oliy Sudyalar kengashi tashkil etilishi, “Xabeas korpus” jarayonidan foydalanishni kengaytirish, dastlabki ushlab turish muddatini 48 soatga qisqartirilishi, dastlabki tergov muddati qisqartirilishi, sudda advokat vakolatini kengaytirilishi borasida batafsil axborot berildi.

Tadbirda Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, vazifalarni samarali ijro etish yuzasidan fikr almashinildi. Mutaxassislar talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.