29.05.2017    10:33    9596

2017 yil 26 may kuni JIDU “Xalqaro savdo va investitsiyalar” kafedrasi o‘qituvchilari Yadgarova N.T. va Turdibayeva M.M. tomonidan JIDU qoshidagi Shayxontohur akademik litsey 3-kurs AFR 1-14 talabalari ishtirokida kasbga yo‘naltirishga bag‘ishlangan suhbat o‘tkazildi. Ushbu suhbat davomida JIDU Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetida, xususan, “Xalqaro savdo va investitsiyalar” kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan qanday fanlar o‘tilishi va kelajakda qaysi tashkilotlarda faoliyat olib borishlari mumkinligi haqida ma’lumot berildi. Bu ma’lumotlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Litsey talabalari Universitetda o‘tiladigan fanlar va hafta davomida o‘tiladigan darslar haqida, Universitetda bo‘ladigan xalqaro konferensiyalar, chet el OTMlari bilan aloqalar, talabalar amaliyoti va chet elda o‘qishi haqida savollar berishdi va qiziqish bilan javoblarni tinglashdi.

Undan tashqari, XSI kafedrasi o‘qituvchisi Turdibayeva Munisa talabalar o‘rtasida Moskva Davlat Universiteti tomonidan ishlab chiqilgan usul asosida kasbga moyilligi bo‘yicha test-so‘rovnomasi o‘tkazdi. Ushbu so‘rovnoma asosida talabalar o‘zlarining qaysi kasbga moyilliklari borligini bilib olishdi. Ularning asosiy qismi iqtisodchi, muhandis, dasturchi, redaktor va boshqa tizimlashtirilgan kasblarga moyilliklari borligi ma’lum bo‘ldi.