27.05.2017    10:42    9728

2017 yil 19 may kuni “Xalqaro huquq” fakulteti 3-kurs talabalari bilan Bojxona huquqi kursi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasiga tanishtiruv tashrifi uyushtirildi.

Tashrif mobaynida talabalar Qo’mita tarkibiy bo’linmalari, Markaziy bojxona laboratoriyasi faoliyati bilan, shu bilan birga, Qo’mita muzeyi bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif mobaynida Qo’mita xodimlari zaruriy axborotlarni berib bordilar.

Talabalar Bojxona Qo’mitasi faoliyati va huquqiy asoslariga doir o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar. O’tkazilgan tashrif talabalarda katta qiziqish va taassurot qoldirdi.