26.05.2017    15:24    9883

2017 yil 26 may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiki, falsafa fanlari doktori S.P.Tursunmuxamedov “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi dotsenti, s.f.n. G.M.Mo'minovaning “Jahon siyosiy tizimida Yevropa ittifoqi” fani bo’yicha dars tahliliga tashrif buyurdi. Seminar mashg’uloti yuzasidan akademik S.Tursunmuxamedov o'qituvchining o’quv ko'nikmasi va talabalarning darsga nisbatan qiziqishini yuqori baholadi hamda ta'lim jarayoniga yangi metodlarni joriy etish, ilmiy izlanishlarni jadallashtirishga doir maslahat va takliflarini berdi.