26.05.2017    10:30    9750

D.F.Nurmuxamedova tomonidan 2017 yil 18 may kuni “Xalqaro huquq» fakulteti 2-kurs talabalari uchun O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasiga qonunchilik va vakillik palatasining davlat hokimiyati organlari tizimida tutgan o`rni va roli, uning faoliyati, vakolatlari doirasi bilan tanishish maqsadida  «Xorijiy mamlakatlarning konstitutsiyaviy huquqi» fani doirasida bir akademik soat davomida «Rivojlangan mamlakatlardagi markaziy davlat hokimiyati organlari» mavzusida sayyor ma`ruza tashkil qilindi.

Ma`ruza davomida Xalqaro masalalar va parlamentlararo aloqalar Qo`mitasi a`zolari K.A.Jurayev va A.A.Umirzakov, shuningdek, Mudofaa va Xavfsizlik masalalari bo`yicha Qo`mita a`zosi A.E.Raxmonov  ma`ruzalar bilan chiqishdi. Rivojlangan mamlakatlardagi qonunchilik jarayoni, markaziy organlarning tizimi va tushunchalari, tashkil etilish tartibi va faoliyatining asosiy tamoyillari yuzasidan savollar muhokama qilindi. Janubiy Koreya Respublikasidagi yangi Prezident saylovi jarayonlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi deputati A.A.Umirzakov talabalar bilan o`z tajribasini bo`lishdi: saylovda ishtirok etish ko`rsatkichlari bilan bog`liq statistik ma`lumotlar, ovoz berish tartibi, har bir nomzodning ovozlarini hisoblash usullari haqida ma`lumotlar keltirildi va ovoz berishning yakuniga ko`ra 64 yoshli Mun Chje In g`olib bo`lganligi ta’kidlandi.

Sayyor maruzaning ikkinchi qismi O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining binosining qurilish tarixi, bino loyihasining rivojlanishi, konstruksiyalari va deputatlaring majlislar zali bo`ylab ekskursiyaga bag`ishlandi. O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Apparatining vazifalari, vakolatlari doirasi va har bir qo`mita, fraksiya, deputatlik guruhlari va O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Kengashining faoliyati atroflicha tasvirlab berildi.