25.05.2017    18:13    9728

2017 yil 18 may kuni universitet Yuridik klinikasida “Xalqaro huquq” fakultetining 2-5-kurs talabalari ishtirokida “Merosga bo‘lgan huquqni rasmiylashtirish, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar va boshqa notarial harakatlar” mavzusida Mirzo Ulug‘bek tumani 4-davlat notarial idorasining notariusi Azizova Nigina Muratovna bilan Davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu tadbirda “Xalqaro xususiy huquq va fuqarolik huquqi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, Yuridik klinika murabbiylari ishtirok etishdi.

Tadbir mobaynida talabalar tomonidan yuridik klinikaga murojaat qilgan shaxslarga huquqiy yordam ko‘rsatish jarayonida ko‘rilgan dolzarb masalalar va Azizova Nigina tomonidan esa amaliyotda notariuslar uchun qaror qabul qilishda qiyinchilik tug‘diradigan masalalar ko‘tarildi. Shuningdek, qanday asoslarga ko‘ra notariuslarning javobgarligi yuzaga kelishi masalasi ilgari surildi.

Shuningdek, talabalarda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun notarial harakatlarni amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha savollar qo‘yildi. Berilgan barcha savollarga batafsil javoblar berildi. Uchrashuv samarali o‘tdi va kelajakdagi hamkorlik yuzasidan kelishuvga erishildi.