25.05.2017    13:51    9722

2017 yil 21 may kuni Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya universitetida Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti 3 bosqich talabalari tashabbusi bilan tashkil etilgan “UWED Football League” (UFL) fakultetlararo futbol musobaqasida yakuniy tur uchrashuvlari bo’lib o’tdi. 17 turdan tashkil topgan “UFL” musobaqasi o’zining yuqori saviyada tashkil etilgani, ko’pgina jamoalar qatnashganligi va futbol sport turining yoshlar o’rtasida yanada rivoj topishiga katta turtki bo’lgani bilan ajralib turdi. Yakuniy tur uchrashuvlarining markaziy (norasmiy final) o’yinida, Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetining 3 bosqich talabalaridan tashkil topgan 2 ta jamoa “IER – 2014” va “Ekonomist” jamoalari uchrashib, musobaqa g’olibini aniqladilar. Murosasiz kechgan bahsda har ikkala jamoalar o’zining yuqori futbol mahoratlarini namoyish etib, qizg’in kechgan o’yinda 7-7 hisobada durang  natija qayd etildi. 17 tur natijalariga ko’ra, faxriy o’rinlarni ya’ni “Ardus” jamoasi 38 ochko jamg’arib 3-o’rinni, “Ekonomist” jamoasi 39 ochko jamg’arib 2-o’rinni va “IER – 2014” jamoasi 41 ochko bilan musobaqa g’olibligini qo’lga kiritdilar. To’liq musobaqa jadvali natijalarini uwed.uz saytidan olishingiz mumkin.

2017 yil 27 may kuni soat 12:00 da Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya universitetining faollar zalida “UFL” musobaqasi g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tadi.