24.05.2017    19:00    9809

Sharq tillari kafedrasi tomonidan yapon madaniyati va yapon tiliga bag'ishlangan qator tadbirlar o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilari an`anaviy Yaponiya choy marosimining falsafiy ahamiyati va tarixiga bag‘ishlangan tadbirda bevosita qatnashishdi. Yapon an’anaviy sport turlarining ishqibozlari esa aykido bo‘yicha o‘tkazilgan mahorat darsini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Tadbir so‘nggida, mehmonlar yapon taomlaridan ta`tib ko`rishga va an’anaviy baliqchilar raqsiga taklif qilindi.